Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko xavfsizlikni mustahkamlash uchun Ukraina bilan chegarada muhandislik inshootlari qurilishini e’lon qildi. Bu haqda u Jlobin metallurgiya zavodi ishchilari bilan uchrashuvi chog‘ida ma’lum qilgan, deya xabar bermoqda “liga. Novosti”.
“Qurol, avtomatlar, o‘q-dori olib o‘tilyapti, o‘zlari kelishyapti. Narkotiklar to‘g‘risida gapirmasa ham bo‘ladi... Biz chegarani to‘liq yopdik, hozir so‘roqsiz sharpa ham o‘tmasligi uchun muhandislik inshootlari barpo etyapmiz. Mamlakat xavfsizligi to‘liq ta’minlanadi”, — deya ta’kidlagan Lukashenko.
Uning aytishicha, Ukrainadan Belarusga kelgan barcha fuqarolar batafsil tekshiruvdan o‘tkaziladi. “Bizga kelgan ukrainaliklarning barchasini ish bilan ta’minlashga harakat qilyapmiz. Ammo Belarusdagi vaziyatni izdan chiqarish niyatidagi jinoyatchilar suqilib kirmasligi uchun keluvchilarni yaxshilab elakdan o‘tkazamiz. Yashash va ishlash uchun bo‘lsa — marhamat”, — deya o‘z qarorini izohlagan prezident.
Izoh (0)