AQSH harbiylari Suriyaning Halab viloyatida maxsus amaliyot o‘tkazib, ISHIDning yuqori martabali rahbarlaridan biri Dhiya Zauba Muslih al-Hardanini yo‘q qildi. Bu haqda AQSH Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) X (sobiq Twitter) sahifasida ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, al-Bob shahrida o‘tkazilgan reyd chog‘ida al-Hardanining ikki farzandi Abdallah Dhiya al-Hardani va Abd al-Rahmon Dhiya Zauba al-Hardani ham o‘ldirilgan.
“Bu ISHID a’zolari AQSH va koalitsiya kuchlari, shuningdek, Suriyaning yangi hukumati uchun xavf tug‘dirayotgan edi. Operatsiya vaqtida ular bilan birga bo‘lgan uch ayol va uch bola zarar ko‘rmadi”, deyiladi CENTCOM bayonotida.
CENTCOM qo‘mondoni general Maykl Erik Kurilla ISHID jangarilariga qarshi kurash davom etishini ta’kidladi.
“ISHID terrorchilari uchun hech bir joy xavfsiz emas — na ular uxlaydigan, na faoliyat yuritadigan, na yashirinadigan”, dedi u.
AQSH Markaziy qo‘mondonligi al-Hardanini terrorchilik tashkilotining yirik rahbari sifatida ta’rifladi. Biroq uning aniq lavozimi va vazifalari haqida batafsil ma’lumot bermadi.
Izoh (0)