Eronning janubi-sharqida nomaʼlum shaxslar tomonidan sud binosiga qurolli hujum uyushtirilishi oqibatida besh kishi vafot etdi. Bu haqda Tasnim axborot agentligi xabar berdi.

“Ertalab bir necha qurollangan shaxs Zahedondagi Ozodlik ko‘chasida joylashgan Siston va Balujiston viloyati sudi binosiga hujum qildi. Hujumchilar bino ichida o‘t ochdi”, deyiladi xabarda.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 13 kishi jarohatlanganiga qaramay, yana besh kishini qutqarishning imkoni bo‘lmagan. Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, hujum uchun javobgarlikni “Jaysh al-Zolm” guruhi o‘z zimmasiga oldi.
Xabarda ta’kidlanishicha, jangarilar voqea joyi yaqinidagi tinch aholiga qarata o‘t ochgan. Hujum oqibatida odamlar jarohat olgan. Bundan tashqari, o‘q otishma natijasida mol-mulkka zarar yetkazilgan. “Islom inqilobi qo‘riqchilari” korpusi jangchilari zararsizlantirish operatsiyasi davomida uch nafar hujumchini yo‘q qilishga muvaffaq bo‘lgan.
Barcha jabrlanganlar shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish uchun Xotam al-Anbiyo shifoxonasiga yetkazilgan.
Mahalliy hokimiyat fuqarolarga ushbu hududga tashrif buyurmaslikni, shuningdek, voqeani tasvirga olish va noto‘g‘ri ma’lumotlarni tarqatishdan tiyilishni maslahat berdi.
Izoh (0)