Makkadan 5 kilometr masofada joylashgan Mino vodiysidagi ziyoratchilar lagerida yong‘in yuz berdi. Bu haqda, Livanning “Ad-Diyor” gazetasiga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, olov misrlik ziyoratchilarning chodirlarini qamrab olib, uning qarshisida joylashgan Livandan kelgan ziyoratchilarning lageriga o‘tishiga bir bahya qolgan.
Saudiyalik o‘t o‘chiruvchilar yong‘inni o‘chirishga muvaffaq bo‘lgan. Jabrlanuvchilar haqida hozircha rasmiy axborot yo‘q.
“Ad-Diyor”ning aniqlik kiritishicha, yong‘in 24-sentabr, payshanba kuni fojiali tiqilinch yuz bergan hudud yaqinida kelib chiqqan.
Izoh (0)