AQShdagi Verizon telekommunikatsiya kompaniyasi o‘z abonentiga xizmat haqi uchun 2 million dollarlik hisob yozib berdi, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
Ken Slasher va uning sevgan qizi o‘tgan yilning noyabrida ikkita telefon sotib olgan va bir oydan so‘ng ularga doimiy ravishda aloqa uchun noto‘g‘ri hisoblar yuborila boshlagan.
Erkakning aytishicha, unga 2 156 593,64 dollar haq to‘lash haqida hisob kelgunicha, bunga beparvo qaragan. U bir necha marta uyali aloqa kompaniyasiga murojaat qilganida esa, hisob mutlaqo to‘g‘ri ekanligini ta’kidlashgan.
Bu paytda esa uyali aloqa uchun ulkan qarzi tufayli ipoteka kompaniyasi erkak bilan kredit haqida shartnoma imzolashdan bosh tortgan.
Biroq oxir-oqibat Verizon o‘z xatosini tan oldi va ishni tinch yo‘l bilan hal qildi.
Izoh (0)