900 dan ziyod suriyalik qochoq 24-sentabr, payshanba kuni Germaniyaning Kil shahridagi eng yaxshi restoranlardan birida mehmon bo‘ldi. Ahmad hoji Qodirov nomidagi jamoat fondi shahar meri o‘rinbosari Gervir Shtyokan bilan kelishgan holda ularni lagerdan avtobuslarda keltirib, bayram dasturxoni yozdi. Bu haqda “ТАSS” xabar bermoqda.
“Lagerdagi hayotdan qiynalgan odamlar bunday e’tibordan boshlari ko‘kka yetdi. Tadbirni fond prezidenti Aymani Nesiyevna (Qodirova) mablag‘ bilan ta’minladi. U kishi qochoqlar bilan bog‘liq vaziyatni yuragiga yaqin oladi”, — deya yozgan Ramzan Qodirov Instagram’dagi sahifasida.
Qodirovning ta’kidlashicha, 25-sentabr, juma kuni ham yana ming kishi restoranga olib kelinadi. Shuningdek, lager hududida o‘yinlar va sport mashg‘ulotlari uchun bolalar maydonchasi barpo etiladi. Suriyalik bolalar o‘qiydigan maktab uchun stol-stul va boshqa jihozlar xarid qilinadi.
Izoh (0)