Moskvalik birinchi sinf o‘quvchisining onasi o‘qituvchi qizini insulin ukolini qilishi uchun hojatxonaga yuborganligi sababli prokuraturaga murojaat tayyorlamoqda. Bu haqda “Vesti.ru” xabar bermoqda.
Qizcha qandli diabet xastaligi bilan kasallanganligi tufayli uning maktabda ukol olishiga to‘g‘ri kelgan. Maktabdagilar o‘quv muassasasida atigi ikki nafar tibbiyot xodimi borligini va ular qizga inyeksiya qilishda yordam berishga majbur emasligini ma’lum qilgan.
Aniqlanishicha, qizning o‘qituvchilari undan ukolni maktab xodimlari va boshqa o‘quvchilarning oldida qilmaslikni so‘ragan. Qizcha ukolni chiqarganini ko‘rgan sinfdoshlari uni suratga olgan. Keyinroq Asya qo‘rqib ketib, onasiga qo‘ng‘iroq qilgan. Biroq uning onasini o‘quv muassasasiga kiritishmagan va qizini mustaqil ukol qilishga o‘rgatishni maslahat berishgan.
Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, bolani ukol qilish uchun hojatxonaga yuborish gigiyena talablariga javob bermaydi va shifokor vazifalarining buzilishi hisoblanadi. Endi qizning onasi prokuraturaga ariza tayyorlamoqda.
Izoh (0)