Jinoiy hamjamiyat tashkil etish va firibgarlikda ayblanayotgan Komi respublikasi rahbari Vyacheslav Gayzerning advokatlari uning hibsga olinishi ustidan shikoyat qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“Sudga apellyatsiya shikoyati tushdi”, — dedi Moskva shahar Basmanniy tumani sudi matbuot kotibi Anna Fadeyeva.
Rossiya Tergov qo‘mitasi 19-sentabr kuni Komi respublikasi rahbari Vyacheslav Gayzer boshchilik qilgan jinoiy hamjamiyat faoliyatiga chek qo‘yilganini ma’lum qilgandi.
Moskva shahar Basmanniy tumani sudi jinoyat ishining barcha ishtirokchilarini hibsga oldi. Gayzer o‘ziga nisbatan ilgari surilayotgan ayblovlarni rad etmoqda.
Izoh (0)