Toshkentdagi “O‘zbekiston” sport majmuasida boksning yangi yo‘nalishi – APB (AIBA Pro Boxing) bo‘yicha boks kechasi o‘tkazildi. Bu haqda “Olamsport” xabar beradi.
Oqshomning markaziy jangida o‘zbekistonlik Xurshid Tojiboyev qozog‘istonlik Berik Abdurahmonovga qarshi ringga ko‘tarildi va 12 raundlik jang yakunida raqibini 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Eslatib o‘tamiz, Tojiboyev 18-iyul sanasida Toshkentda rossiyalik Dmitriy Polyanskiyni mag‘lub etib, Rio-2016 yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edi. Endi u 60 kilogramm vazn toifasida ushbu yo‘nalish chempionidir!
Izoh (0)