2015-yilning 17-sentabr holatiga Yevropaga 473 887 nafar qochoq va muhojir O‘rtayer dengizi orqali yetib keldi. Bu haqda “Yevropeyskaya pravda” Xalqaro migratsiya tashkiloti ma’lumotiga tayanib xabar beradi.
Eng ko‘p qochoq – 349 109 kishi Gretsiyaga yetib keldi. 120 mingdan ortiq kishi Italiya sohillariga, uch mingga yaqin muhojir Ispaniyaga kelganligi ma’lum qilindi.
Qochoqlar umumiy sonining 40 foizga yaqini, ya’ni kamida 182 ming nafari Suriya aholisidir. O‘rtayer dengizini kechib o‘tish mobaynida 2812 nafar odam halok bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, BMT YeI mamlakatlarini qochoqlar uchun chegarani yopmaslikka chaqirdi.
Izoh (0)