Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In suv toshqinlaridan jabrlangan Rason shahrida bo‘lib, infrastruktura, jumladan, transport va energetika tizimini tiklash ishlari bilan tanishdi. U uylari suv ostida qolgan aholi uchun yangi xonadonlar barpo etayotgan harbiy quruvchilarga minnatdorchilik bildirib, “barcha ishlarni 10-oktabr — mamlakatda Koreya mehnat partiyasining 70 yilligi tantana qilinadigan kungacha yakunlash”ga chaqirgan. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Koreya markaziy telegraf agentligi (KMTA) ma’lumotlariga ko‘ra, avgust oyida ro‘y bergan toshqinlar tufayli 5,2 ming turar-joy va 100 ga yaqin binolar vayron bo‘lgan, ko‘prik va 50 dan ortiq temiryo‘l seksiyasini oqizib ketgan. Qizil xoch xalqaro qo‘mitasi Rasonda kamida 89 kishi halok bo‘lib, 6,4 ming oila evakuatsiya qilinganini bildirmoqda.
Mazkur tabiiy ofatga shiddatli yomg‘irlar sabab bo‘lgan — bir necha kun mobaynida shaharga yog‘inlarning yarim yillik normasi yoqqan.
Izoh (0)