Biznesmen Aleksandr Fedotovga tegishli Artcom Media Group Germaniyaning Axel Springer SE konsernidan Axel Springer Russia kompaniyasining 100 foizini sotib oldi. Nashriyot uyi Rossiyada Forbes jurnalini chiqarish bilan shug‘ullanadi. Bu haqdagi kelishuv 17-sentabr, payshanba kuni imzolandi, deya xabar bermoqda “Vedomosti”.
Oldi-sotdi predmeti Forbes, Forbes.ru, Finanz.ru, OK!, GEO va “Gala Biografiya” savdo belgilaridir.
Artcom Media aktivlarni yangi kompaniyada birlashtiradi, unda Axel Springer SE ortiq mulkdor bo‘lmaydi. Xarid shartlari oshkor etilmayapti.
Izoh (0)