Burkina-Fasodagi ichki siyosiy vaziyat keskinlashgani tufayli yuzaga kelgan g‘alayonlar oqibatida bir kishi halok bo‘ldi va 60 dan ziyod fuqaro yaralangan. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, 16-sentabr, chorshanba kuni prezident gvardiyasi o‘tish davri prezidenti Mishel Kafando, bosh vazir va hukumatning bir qator a’zolarini hibsga olgan. Prezident saroyi oldida to‘plangan namoyishchilarni tarqatish uchun harbiylar tomonidan kuch ishlatilgan.
Izoh (0)