17-sentabr, payshanba kuni Dog‘istondagi tumanlardan birida jangarilarning qo‘lbola portlovchi qurilmalar tayyorlanadigan laboratoriya joylashtirilgan, niqoblangan istehkomi aniqlandi. Bu haqda Rossiya Milliy aksilterror qo‘mitasining respublikadagi tezkor shtabi ma’lumotlariga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
“Dog‘istonning Unsukul tumanidagi Maydon qishlog‘idan 1,5 kilometr uzoqlikdagi istehkomdan ishlatish uchun hozirlab qo‘yilgan, quvvati trotil ekvivalentida 10 kilogrammga teng qo‘lbola portlovchi qurilma, portlashni masofadan boshqarishga moslashtirilgan telefonlar va avtomobil signalizatsiyasi, portlovchi qurilma tayyorlashda kerak bo‘ladigan tarkibiy qismlar topildi. Shuningdek, chet elda ishlab chiqarilgan 37 ta elektr detonatori, granata, ikkita radiostansiya va avtomat uchun ko‘p miqdordagi patronlar aniqlandi”, — deya ma’lum qilgan tezkor shtab vakili.
Istehkom huquq-tartibot idoralari tomonidan oldi olingan qator teraktlarni tayyorlagan Balaxanin jinoiy guruhiga tegishli ekanligi aytilmoqda.
Izoh (0)