Afrika ittifoqi Burkina-Fasoning harbiy to‘ntarish uyushtirgan yangi hukumatini tan olmaydi. Bu haqda ittifoq komissiyasi rahbari bayonotida aytiladi, deya xabar bermoqda “TASS”.
“Ittifoq harbiylarning prezident Mishel Kafandoni ‘chetlashtirgani’ va uni ‘yangi hukumat’ bilan almashtirishga urinishi haqidagi bayonotlarini ahamiyatsiz va qonuniy kuchga ega emas deb hisoblaydi”, — dedi u.
Muvaqqat hukumat yetakchilarining hibsga olinishi “Burkina-Fasoda parlamentlik va prezidentlik saylovlariga atigi bir oy qolganida o‘tish davrini barbod qilishga qaratilgan terrorchilik harakati” sifatida baholanmoqda.
Izoh (0)