Yaponiya hukumati Rossiya harbiy samolyoti mamlakat havo hududiga bostirib kirganini ma’lum qildi, deya xabar bermoqda Meduza. Ushbu voqea yuzasidan Yaponiya tashqi ishlar vazirligi Rossiya elchixonasiga norozilik bildirdi.
Rossiyaning bu mamlakatdagi elchixonasiga jo‘natilgan bayonotda aytilishicha, Yaponiya TIV Rossiya hukumatidan mazkur hodisani tergov qilish va tegishli javob berishni so‘raydi.
Yaponiya hukumati ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya harbiy samolyoti mamlakat havo hududiga mahalliy vaqt bilan 15-sentabr kuni 14:00 da bostirib kirib, u yerda 16 soniya davomida bo‘lgan. Uni tutib qolish uchun Yaponiya O‘z-o‘zini mudofaa qilish kuchlari jalb etilgan. Yaponiya havo hududini tark etgach, samolyot Kuril orollari tomonga yo‘l olgan.
Izoh (0)