Checheniston rahbari Ramzan Qodirov terrorizm va ekstremizm mafkurasiga qarshi kurash masalalari bo‘yicha yig‘ilishda Suriyada Rossiya va MDH mamlakatlaridan kelgan jangarilarni tayyorlashga qarshi kurash rejasi belgilanganini aytdi, deya xabar bermoqda “Kommersant”.
“Men Shimoliy Kavkaz mintaqasidagi hamkasblarim, shuningdek, Federal xavfsizlik xizmati va boshqa maxsus xizmatlar bilan hamkorlikda profilaktika ishlarini faol ravishda olib borishni topshirdim. Biz muayyan xatti-harakatlar rejasini tuzdik”, — deb yozdi Qodirov “VKontakte” ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
Izoh (0)