General Motors Powertrain Uzbekistan zavodida an’anaviy ravishda “Oila kuni” bayrami nishonlandi, deya xabar bermoqda “O‘zavtosanoat” rasmiy sayti. Bu yil tadbirda kompaniyaning 2 mingdan ziyod xodimi o‘z oilalari bilan qatnashdi.
Bayram GM Powertrain Uzbekistan’ning yangi futbol maydonida uyushtirildi. Dasturdan klassik avtomobillar ko‘rgazmasi, sirk tomoshalari, oilaviy musobaqalar, qo‘l hunari ko‘rgazmasi o‘rin oldi. Bundan tashqari, zavodning yig‘ish va quyish sexi bo‘ylab ekskursiya uyushtirildi.
Izoh (0)