Toshkentdagi Taraqqiyot ko‘chasi Toshkent avtomobil halqa yo‘li (TAHY)ga qadar uzaytiriladi va unda tramvaylar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda “Afisha.uz” xabar bermoqda.
Ayni vaqtda Toshkent qishloq xo‘jaligi mashinasozligi zavodi (“Toshqishloqmash”) yaqinida yangi yo‘l qoplamasi — Taraqqiyot ko‘chasining davomini qurish ishlari olib borilmoqda.
Hozirda Taraqqiyot ko‘chasi Amir Temur xiyoboni aylanasi va Mirzo Ulug‘bek shohko‘chasi kesishmasini Pahlavon Mahmud 2-tor ko‘chasi bilan bog‘laydi.
Toshkent shahar Bosh rejasiga muvofiq, Taraqqiyot ko‘chasi Toshkent avtomobil halqa yo‘li (Katta halqa yo‘l)ga qadar uzaytiriladi.
Shimoliy vokzaldan boshlanib, “Toshqishloqmash”da tugaydigan tramvay yo‘llari yangi yo‘l bo‘ylab TAHYga qadar uzaytiriladi. Tramvay yo‘llari Rohatda tugaydi.
Batafsil ma’lumot va qurilish joyidagi suratlar bilan “Afisha.uz” saytidagi ushbu havolada tanishishingiz mumkin.
Izoh (0)