1-oktabrdan O‘zbekiston aholisi va ulgurji iste’molchilarga beriladigan elektr energiyasi uchun Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan yangi tariflar joriy qilinmoqda, deb yozadi “Gazeta.uz”.
Aholiga beriladigan 1 kVt/s elektr energiyasi haqi 155 so‘mdan 167,4 so‘mgacha, elektr plitasi bilan ta’minlangan xonadonlar uchun 77,5 so‘mdan 83,4 so‘mgacha oshishi belgilangan (o‘sish — 8%).
Bungacha elektr energiyasi tariflari 15-maydan oshgan edi.
Izoh (0)