Surxondaryo viloyatining Denov tumanida “Gazel” markasidagi yo‘nalishli taksida yong‘in chiqqan. Bu haqda “Daryo” mobil muxbiri xabar bermoqda.
Mobil muxbirimiz bergan xabarda aytilishicha, hodisa 15-sentabr kuni soat 16:00 atrofida sodir bo‘lgan. Yong‘in yuzaga kelgan vaqtda “Gazel” ichida o‘nga yaqin yo‘lovchi bo‘lgan.
Ushbu hodisa natijasida jarohatlangan barcha yo‘lovchilar darhol shifoxonaga olib ketilganligi xabar qilindi.
Izoh (0)