Internet orqali savdo-sotiq sohasidagi eng yirik kompaniyalardan biri Amazon asoschisi va rahbari Jeffri Bezos odamlar va yuklarni Yer orbitasiga yetkazish bilan shug‘ullanmoqchi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Buning uchun uning Blue Origin kompaniyasi Florida shtatidagi Kanaveral burnida joylashgan harbiy havo kuchlari bazasidan uchiriladigan eltuvchi raketalar qurishni yo‘lga qo‘yadi.
15-sentabr, seshanba kuni ushbu bazada bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida tadbirkor birinchi parvozni 2020-yilda amalga oshirish rejasi haqida so‘zlab berdi.
Izoh (0)