Saudiya Arabistoni qiroli Salmon ibn Abdulaziz as-Saud Makkadagi al-Haram masjidida yuz bergan falokat yuzasidan o‘tkazilayotgan tekshiruv natijalari ommaviy e’lon qilinishiga va’da berdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
“Biz hodisa sabablarini aniqlaymiz, so‘ng tekshiruv natijalaridan fuqarolarimizni xabardor qilamiz. Hodisa yuzasidan tekshiruv ishlari boshlab yuborilgan”, — dedi Saudiya Arabistoni qiroli.
Eslatib o‘tamiz, 11-sentabr, juma kuni peshin namozi vaqtida kuchli yomg‘ir va shamol natijasida minora krani masjid ustiga ag‘anashi oqibatida, so‘nggi xabarlarga ko‘ra, 107 kishi halok bo‘lgan edi. Qurbonlar va jabrlanuvchilar orasida o‘zbekistonlik ziyoratchilar yo‘qligi ma’lum qilindi.
Izoh (0)