Misr prezidenti Abdul Fattoh as Sisi hukumat iste’fosini qabul qildi hamda amaldagi bosh vazir Ibrohim Mahlab va uning mahkamasi a’zolariga hukumat ijroiya organining yangi tarkibi shakllangunicha o‘z majburiyatlarini bajarishni topshirdi, deya xabar bermoqda “Vedomosti”. Mahlab 12-sentabr, shanba kuni iste’fo bergan edi.
Prezident yangi hukumatni shakllantirishni neft vaziri Sharif Ismoilga yukladi.
Kuzatuvchilar qayd etishicha, o‘tgan yilning iyunidan beri faoliyat olib borayotgan hukumat iste’fosi korrupsiya bo‘yicha shov-shuv bilan bog‘liq, unga qishloq xo‘jaligi vazirligi mansabdorlari, jumladan muassasa rahbari aralashgan edi.
Izoh (0)