Ukrainaning Lvov shahridagi kosmetologiya kasalxonasida plastik operatsiyadan so‘ng 18 yoshli qiz hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, shifokorlar burun shaklini o‘nglash (rinoplastika) amaliyotini o‘tkazgan, ammo hushsizlantirish (narkoz) jarayonidan chiqish chog‘ida qizning yuragi to‘xtab qolgan. O‘tkazilgan sud-tibbiyot tekshiruvlari o‘lim sabablarini aniqlay olmadi.
Qizning otasi militsiyaga murojaat qildi, mazkur holat yuzasidan jinoiy ish ochilgan. Ayni paytda tergovchilar ikki haftadan ikki oygacha cho‘ziladigan gistologiya ekspertizasi natijalarini kutmoqda.
Izoh (0)