Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron matbuot anjumani vaqtida noqulay ahvolga tushib qoldi. “Segodnya.ua” xabariga ko‘ra, bosh vazir mikrofoni yoqiq qolganidan bexabar holda Yorkshir aholisi haqida ular “nafaqat atrofdagilarni, balki bir-birini ham yomon ko‘rishi” haqida fikr bildirdi.
Mazkur hodisa jurnalist Yorkshirda o‘zini o‘zi boshqaruv tizimi yanada kuchayishi ehtimoli haqidagi savoldan so‘ng yuz berdi. Bosh vazirning omma uchun mo‘ljallanmagan fikrlarini hamma eshitib qoldi.
https://www.youtube.com/watch?v=3TCHxECyxpI
Keyinroq Britaniya hukumati rahbari bu hodisani yumshatishga urinib, bu bor-yo‘g‘i bir hazil ekanligini, aslida yorkshirliklar haqida bunday fikrda emasligini aytib o‘tdi.
Izoh (0)