Oziq-ovqat mahsulotlarining dunyo bo‘yicha narxi 2015-yil avgust oyida oxirgi yetti yil mobaynida rekord darajada pasaydi. Bu haqda BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “RBK”.
Xomashyo narxlarining tushishi, yaxshi hosil va Xitoy iqtisodiy o‘sishi pasayishining bozorga ta’siri yuzaga kelgan vaziyatning asosiy omillari sifatida ko‘rilmoqda.
FAO tomonidan har oyda yangilanib boriladigan narxlar indeksi avgustda iyul oyiga nisbatan 5,2 foizga pasaydi, bunday katta farq oxirgi marta 2008-yilning dekabrida qayd etilgan edi.
Izoh (0)