Fransiyaning ikkinchi yirik banki — Credit Agricole Eron va Sudanga nisbatan AQSh joriy etgan sanksiyalarni buzgani uchun sudgacha bo‘lgan kelishuv tartibida Amerika rasmiylariga 1 milliard dollar to‘lashi mumkin. Bu haqda Bloomberg xabarlariga tayanib, Interfax xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Credit Agricole va rasmiylar o‘rtasidagi muzokaralar davom etmoqda, ko‘rsatib o‘tilgan mаblag‘ yakuniy emas. Ushbu bank ishi yuzasidan AQSh Adliya va moliya vazirliklari hamda Federal zaxira tizimi shug‘ullanmoqda, shuningdek, Nyu-York shtati va Manxetten okrugi ma’muriyati vakillari ham o‘z tekshiruvlarini olib bormoqda.
O‘tgan yili boshqa fransuz banki — BNP Paribas Eron, Sudan va Kubaga nisbatan sanksiyalarni buzganlikda aybdor deb topilgach, 9 milliard, bu yil esa Commerzbank (Germaniya) Eronga qarshi jazo choralariga rioya etmagani uchun 1,15 milliard dollar amerikaliklarga to‘lab berdi.
Izoh (0)