Ukraina Suriyaga yo‘l olayotgan Rossiya samolyotlari uchun havo hududini yopdi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Arseniy Yatsenyuk ma’lum qildi, deya xabar beradi Meduza.
Oldinroq Bolgariya rasmiylari “Rossiya samolyotlari bortida bo‘lgan yuk shubha uyg‘otayotgani” uchun shunday qarorga kelgan edi: mamlakat rasmiylari havo kemalari tekshirilgandan keyingina ularning Suriyaga uchishiga ruxsat berilishi haqida ogohlantirdi.
Izoh (0)