Suriya armiyasi “Damashq – Xoms” yo‘lini egallab olishga uringan 11 nafar jangarini yo‘q qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Manbaning qo‘shimcha qilishicha, Zahran Allyush boshchiligidagi qurollangan “Jaish al-Islom” guruhi jangarilari o‘tgan tunda Damashqning sharqiy ostonasidagi bir necha harbiy blokpostlarga hujum qilgan, barcha hujumlar muvaffaqiyatli bartaraf etilgan.
Suriyada 2011-yil martidan beri qurolli nizo davom etmoqda, BMT ma’lumotlariga ko‘ra, qurolli to‘qnashuvlar natijasida 220 mingdan ortiq odam halok bo‘lgan. Hukumat kuchlariga turli qurolli tuzilmalarga tegishli jangarilarning guruhlariga qarshi kurashmoqda.
Izoh (0)