Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSh politsiyasi Oranj-park shahri (Florida) fuqarosi 20 yoshli Joshua Goldbergni hibsga oldi. U 11-sentabrda ro‘y bergan teraktlar qurbonlari xotirlanadigan sanada portlashni amalga oshirishga tayyorgarlikda gumon qilinmoqda. Bu haqda “RBK” xabar berdi.

Foto: vladtime.ru

Foto: vladtime.ru

CBS telekanalining ma’lum qilishicha, Federal Qidiruv Byurosi (FQB) o‘z informatoriga Avstaraliyada yashovchi livanlik qochoq nomidan turli shubhali saytlarda xabar qoldirayotgan foydalanuvchi (keyinchalik u Joshua Goldberg ekanligi aniqlangan) bilan aloqa bog‘lash vazifasini topshirgan. Iyul oyidan sentabrgacha Goldberg o‘z suhbatdoshiga teraktlar tayyorlash, jumladan, portlovchi qurilmalar yasash bo‘yicha saboq bergan.

U 2001-yil 11-sentabrdagi teraktlar qurbonlariga bag‘ishlab Kanzasda o‘tkaziladigan marosim chog‘ida portlash amalga oshirilishini rejalashtirgan. Goldberg 20 yillik qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Genotsidda gumonlanayotgan erkak, sohilga chiqib qolgan o‘lik akula, Rossiya kuniga tayyorgarlik — 9-iyun suratlari 
Qozog‘iston
Qozog‘istonda yirik o‘rmon yong‘ini: 3 kishi halok bo‘ldi, To‘qayev yong‘in zonasiga boradi (video)
Dunyo
Medvedev AQSHning boshqa mamlakatlardagi harbiy amaliyotlarini sanab o‘tdi va Oq uyni “jim bo‘lishga” chaqirdi