AQSh elchisiga hujum uyushtirgan va jarohatlagan Janubiy Koreya fuqarosi 12 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Seul markaziy okrug sudi 56 yoshli Kim Ki Chjonni qotillikka urinish va chet el diplomatiga hujum qilishda aybladi.
Eslatib o‘tamiz, 2015-yil 5-mart kuni Kim Ki Chjon AQShning Janubiy Koreyadagi elchisi Mark Lippet Seuldagi madaniyat markaziga kelganida hujum qilgan va tig‘ bilan bir necha joyini jarohatlagan edi. Elchi bir hafta kasalxonada davolanishga majbur bo‘lgan.
Izoh (0)