Venesuela muxolifati yetakchisi Leopoldo Lopes ommaviy tartibsizliklarni uyushtirishda aybdor sanalib, 13 yil va 9 oy qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Karakas sudi Lopesni mamlakatda 2014-yil fevral—mart oylarida bo‘lib o‘tgan hukumatga qarshi namoyishlar chog‘ida jamoat tartibini buzish va mulkka ziyon yetkazishga undaganlikda aybdor, deb topdi.
Lopes 40 kishi halok bo‘lishiga olib kelgan namoyishlar boshlanganidan so‘ng qamoqqa olingan edi. Xalqaro huquqni himoya qilish tashkilotlari bu jazoning siyosiy hukm ekanligini ta’kidlamoqda.
Izoh (0)