Rossiyaning xalqaro zaxiralari bir hafta ichida — 28-avgustdan 4-sentabrga qadar 365,3 milliard dollargacha — 1,1 milliard dollarga qisqardi. Bu haqda, Rossiya Markaziy bankiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Rossiya Markaziy banki va Rossiya hukumati ixtiyoridagi likvidligi yuqori bo‘lgan xorijiy aktivlardan iborat Rossiyaning xalqaro zaxiralari xorijiy valyutadagi mablag‘lar, maxsus o‘zlashtirish huquqlari, Xalqaro valyuta jamg‘armasidagi zaxira pozitsiyalari va monetar oltindan tashkil topgan.
Izoh (0)