AQSh Milliy geografiya jamiyati National Geographic jurnali va boshqa qator aktivlarini milliarder Rupert Merdokka tegishli 21st Century Fox kompaniyasiga sotganini ma’lum qildi. Bu haqda The New York Times nashriga tayanib, “RBK” xabar bermoqda.
Milliy geografiya jamiyati notijorat tashkiloti sifatida faoliyatini davom ettiradi. Merdokning kompaniyasi kiritgan mablag‘lar ilm-fan va tadqiqotlarga kiritiladigan investitsiyalar miqdorini ikki barobar ko‘paytirish imkonini beradi .
Izoh (0)