Belarus Markaziy saylov komissiyasi (MSK) 10-sentabr, payshanba kuni to‘rt kishini mamlakat prezidentligi uchun nomzod sifatida ro‘yxatga olish haqida qaror qabul qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Bo‘lajak prezident saylovida davlat rahbari o‘rni uchun amaldagi prezident Aleksandr Lukashenko, Liberal-demokratik partiya yetakchisi Sergey Gaydukevich, Belarus vatanparvarlar partiyasi yetakchisi Nikolay Ulaxovich va “Haqiqatni so‘zla” harakati faoli Tatyana Korotkevich kurash olib boradi.
2010-yili bo‘lib o‘tgan va Lukashenkoning yaqqol g‘alabasi bilan yakuniga yetgan avvalgi prezident saylovida mamlakatdagi eng oliy lavozim uchun 10 nomzod kurash olib borgan edi.
Belarus prezidenti saylovi 2015-yil 11-oktabr kuniga belgilangan. Ro‘yxatga olingan nomzodlar bir oy davomida saylovoldi tashviqoti bilan shug‘ullanishi mumkin.
Izoh (0)