Rossiyadagi zo‘ravonlik bilan sodir etilgan qotilliklarning uchdan ikki qismi alkogol bilan bog‘liq. Bu haqda, Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi vakili Oleg Salagayning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatdagi yurak-qon tomir kasalliklari bilan bog‘liq o‘lim holatlarining 25 foiziga ham alkogol sababchidir. Qayd etishlaricha, alkogol ayniqsa 20—39 yosh oralig‘idagi kishilarga katta xavf tug‘diradi.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, surrogat (sun’iy) alkogol iste’mol qiluvchi kishilar orasida o‘lim xavfi oddiy alkogolni haddan tashqari ko‘p ichuvchilarga nisbatan ikki barobar, alkogol ichimliklar ichmaydigan kishilarga nisbatan esa 13 barobar yuqoridir.
Izoh (0)