Janubiy Koreyada MERS koronavirusi oqibatida hayotdan ko‘z yumganlarning oilalari, qarindoshlari hukumat va kasalxonalardan tovon puli talab qilmoqda. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
Ular Seul markaziy sudiga 1,1 milliard vonga ( 920 ming dollar) teng jami 10 ta da’vo arizasi kiritgan. Fuqarolar hukumatni koronavirus bilan og‘rigan bemorlar davolanayotgan kasalxonalar ro‘yxatini yashirish va bu bilan uning tarqalishiga sharoit yaratishda aybladi.
Janubiy Koreyada koronavirus bilan hammasi bo‘lib 186 kishi og‘rigan, 36 kishi esa hayotdan ko‘z yumgan.
Izoh (0)