O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida mamlakatda ilk predakseleratsiya startap dasturini qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi. Amalga oshirilayotgan bu tashabbus axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi innovatsion startap-g‘oyalarga ega yosh tadbirkorlarga texnik ko‘mak berishni nazarda tutadi. Bu haqda “Infocom.uz” xabar bermoqda.
“O‘zbekiston biznes-forumi (III-bosqich)” loyihasi esa Savdo-sanoat palatasi va BMTning mamlakatimizdagi vakolatxonasining birgalikdagi tashabbusi bo‘lib, onlayn xizmatlarni joriy etish orqali biznes yuritish sharoitlarini yaxshilash, me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirishga qaratilgan.
Izoh (0)