O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati O‘zbekiston Davlat san’at muzeyidan rasmlar o‘g‘irlab ketilishi holatini aniqladi, deb yozadi UzDaily.
“Axborot” dasturida xabar berilishicha, O‘zbekiston Davlat san’at muzeyi sobiq bosh qo‘riqlovchisi Mirfayzi Usmonov muzeyning boshqa xodimlari bilan til biriktirib, asl rasmlarni nusxasiga almashtirib qo‘yish orqali davlatga 47,5 milliard so‘m miqdorida zarar yetkazdi.
68 mingga yaqin rasmlarni inventarizatsiya tekshiruvidan o‘tkazish chog‘ida ularning 278 tasi qalbaki ekanligi, 2 tasi yo‘qligi aniqlangan. Ma’lumotlarga ko‘ra, jinoiy guruh fond muzeyidagi yettita kartinani Rossiya fuqarosi Toir Toirovga 5,1 ming dollarga pullagan.
Chora-tadbirlar ko‘rilishi natijasida Rossiyadan kartinalar qaytarildi. Ushbu jinoiy ish bo‘yicha muzeyning 13 nafar xodimi tegishli jazoga tortildi.
Izoh (0)