Namangan viloyati Namangan tumani markaziy poliklinikasi bolalar shifokori nogiron qizning onasidan pora olayotgan vaqtida qo‘lga tushdi, deya xabar bermoqda “12news.uz”.
“Diyonat” gazetasi ma’lum qilishicha, bemor bolalarga nogironlik bo‘yicha guruh berilishi uchun shifokor tavsiyanomasi kerak bo‘lgan. Buning uchun shifokor aqliy va jismoniy qoloqlik tashxisiga ega bo‘lgan qizning onasidan 200 dollar talab qilgan.
Ona militsiyaga shikoyat qilgan va shifokorni jinoyat ustida qo‘lga olishgan.
Izoh (0)