3-sentabr, payshanba kuni Janubiy Osetiyadagi mingdan ziyod maktab o‘quvchilari 2004-yili Beslandagi 1-maktabni terrorchilar egallashi oqibatida halok bo‘lganlarni yodga olib, Sxinvaldagi markaziy maydonga to‘plandi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Kunning yarmida — 11 yil avval maktabda birinchi portlash ro‘y bergan vaqtda osmonga halok bo‘lganlar sonini bildiruvchi 334 ta oq shar uchirildi.
Eslatib o‘tamiz, terrorchilar Beslandagi maktabni egallash chog‘ida 1,2 ming kishini asirlikka olgan. Ulardan 334 kishi, jumladan, 186 nafar bola halok bo‘ldi, 126 kishi nogiron bo‘lib qoldi.
Izoh (0)