Iste’foga chiqqanidan bir necha soat o‘tib, sud Gvatemala sobiq prezidenti Otto Peres Molinani hibsga oldi va qamab qo‘ydi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
Endi sobiq prezident sud hukmini Gvatemala poytaxtidagi Matamoros qamoqxonasida kutadi.
Sud eshituvlari chog‘ida prokurorlar olti soatlik muhokamalardan iborat audioyozuvni eshittirdi. Molina sud zalidan osoyishta holda chiqib, jurnalistlarga eshitish boshqa, tergov o‘tkazish boshqa ekanligini aytdi.
Molina keng ko‘lamli korrupsiya sxemasiga aloqadorlikda ayblanmoqda, bu mamlakat bojxona organlari tomonidan fosh qilingan edi.
Izoh (0)