Misrlik milliarder Nagib Saviris Italiya va Gretsiya ma’murlariga murojaat qilib, ulardan migrantlar uchun orol sotib olishni taklif qildi. Bu haqda tadbirkor o‘z Twitter’ida ma’lum qildi, deb yozadi “Newskaz.ru”.
“Gretsiya yoki Italiya, menga orollaringizdan birini soting. Men uni mustaqil deb e’lon qilaman, qochoqlarni qabul qilaman va ularni ish bilan ta’minlayman. Unda ular o‘zlarining yangi vatanini yaratadi”, — deb yozdi Saviris.
Nashr ta’kidlashicha, 2015-yil boshidan buyon Yevroittifoq hududiga 340 mingga yaqin muhojir kelgan.
Izoh (0)