“Soyuz TMA-18M” kosmik kemasi “Soyuz-FG” tashuvchi raketasida Xalqaro kosmik stansiyaning yangi ekipaj a’zolari bilan birga Boyqo‘ng‘irdan uchdi. Bu haqda “Newskaz.ru” xabar beradi.
Raketa tashuvchi Moskva vaqti bo‘yicha 7:32 da uchdi. Uning yangi ekipaj a’zolari fazogir Sergey Volkov (“Roskosmos”), qozog‘istonlik fazogir Aydin Aimbetov va Yevropa kosmik agentligi astronavti Andreas Mogensendan iborat.
“Soyuz TMA-18M” kosmik kemasining Xalqaro kosmik stansiyaga parvozi avval rejalashtirilgandek olti soat emas, ikki sutka davom etadi. Kemaning stansiyaga tutashuvi 2-sentabrdan 4-sentabrga ko‘chirildi.
Izoh (0)