Tergovchining hayotiga suiqasd va terrorchilik uyushtirishda ayblanib, bir umrlik qamoqqa mahkum etilgan Maxachqala sobiq meri Said Amirovning advokatlari hukmdan norozi bo‘lib shikoyat xati berdi, deya xabar bermoqda “Kommersant”.
Nashr eslatishicha, Shimoliy Kavkaz okrug harbiy sudi 2013-yilda Rossiyadagi eng yaxshi mer deb e’tirof etilgan Said Amirovni butun umrga ozodlikdan mahrum etgan edi. Maxachqala sobiq meri Kaspiyskda terakt tashkil qilganlik va Tergov qo‘mitasi tergovchisi Arsen Gajibekovni o‘ldirishni buyurganlikda aybdor deb topildi.
Izoh (0)