Rossiyaning eng yirik aviatashuvchisi — “Aeroflot” davlat kompaniyasi 1-sentabr, seshanba kuni Rossiyadagi eng katta xususiy aviakompaniya — “Transaero”ning 75 foiz va yana bitta aksiyasini bir rublga sotib olmoqchi ekanligini ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti” vaziyatdan xabardor manbalariga tayanib.
Keyinroq “Transaero”ning “Aeroflot” guruhiga kirishini aviakompaniyalar ham tasdiqladi. Bu ayni paytda moliyaviy ahvoli qiyin bo‘lgan “Transaero” muammolari yechimini yangi darajaga olib chiqadi.
Tegishli masala 3-sentabr, payshanba kuni bo‘lib o‘tadigan “Aeroflot” direktorlar kengashida muhokama qilinadi.
Izoh (0)