Rossiya hukumati va BMT o‘rtasidagi BMTning korrupsiyaga qarshi konvensiyasiga a’zo mamlakatlar anjumanining 6-sessiyasini o‘tkazish shartlari haqidagi kelishuv Sankt-Peterburgda 2015-yil 2—6-noyabr kunlari eng yirik xalqaro aksilkorrupsiya forumi o‘tkazish uchun huquqiy asoslar yaratdi. “TASS” Rossiya TIVga tayanib xabar berishicha, bitim 31-avgust, dushanba kuni Venada imzolangan.
Anjumanda hukumat delegatsiyasi, xalqaro hukumatlararo tashkilotlar a’zolari, shuningdek fuqarolik jamiyatining profil institutlari vakillaridan 3 ming kishi qatnashishi kutilmoqda.
Izoh (0)