Rossiya tergov qo‘mitasining Krasnodar o‘lkasi tergov boshqarmasida otlar ishtirokidagi shou davomida sirk artistining otdan yiqilib tushib, halok bo‘lganlik holati bo‘yicha tekshiruv ishlari boshlandi. Bu haqda tergov boshqarmasi sayti xabar beradi.
30-avgust kuni Rossiyaning Abrau-Dyurso shahridagi sport majmuasida o‘tkazilayotgan namoyishda 24 yoshli qiz chavandoz sifatida chiqish qilayotgan edi. Akrobatik hunarlaridan birini namoyish etayotib, artist egardan qulab tushdi. Uning oyog‘i uzangiga ilinib qoldi. Shundan so‘ng ot uni sirk sahnida bir necha marta sudrab ketdi.
Yetkazilgan shikastlanishlar oqibatida qiz tez yordam mashinasida halok bo‘ldi.
Izoh (0)