• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12578.21
    • RUB160.31
    • EUR14633.49
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Samvel Babayan: Hozirgi tarkib — O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarixidagi eng kuchlisi

    Jahon chempionati-2018 saralashining ikkinchi bosqichi, 3-turi doirasidagi O‘zbekiston – Yaman uchrashuvi oldidan 2-sentabr kuni har ikki jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston futbol federatsiyasi matbuot xizmati.

    Foto: the-uff.com

    Foto: the-uff.com

    Matbuot anjumanining birinchi qismida jurnalistlar savollariga O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan javob berdi. U bilan bigalikda terma jamoa yarim himoyachisi Sardor Rashidov ham anjumanda ishtirok etdi.

    “Ertaga biz yangilangan jamoa bilan ilk uchrashuvni o‘tkazishimiz lozim. Yig‘inlarda imkon qadar samarali ishlashga harakat qildik. Bilasiz, iyul oyida mahalliy futbolchilar bilan yig‘in o‘tkazgan edik. Ikkinchi yig‘inga legionerlar ham jalb etildi. Xorijdagi barcha futbolchilarimiz bilan to‘liq tarkibda ikkita mashg‘ulot o‘tkazdik. Kayfiyat yaxshi, futbolchilar terma jamoa o‘yinidagi yangi g‘oyalarni to‘liq o‘zlashtirmoqda va qabul qilishyapti. O‘ylaymanki, ertaga bo‘ladigan o‘yinda g‘alaba qozonamiz”, — deya so‘z boshladi milliy terma jamoa bosh murabbiyi.

    “Shoxruh Gadoyev bizning diqqat e’tiborimizda. Ammo hozirda tarkibda jamlangan futbolchiliar undan ko‘ra kuchliroq. Shu sababli u terma jamoaga jalb etilmadi. Muhammadiyev haqida ham shularni aytishim mumkin. Futbolchi terma jamoaga chaqirilishi uchun ikki jihatga ega bo‘lishi kerak: optimal forma va terma jamoa falsafasiga mos kelishi. Biz ataylab terma jamoaning kengaytirilgan tarkibiga ko‘proq futbolchilarni chaqirdik. Chunki legionerlar kelgunga qadar to‘liq tarkib bilan mashg‘ulot va o‘zaro o‘yin o‘tkazish kerak edi. Keyin esa tarkibga o‘ta olmaganlarga javob berdik”.

    “Yaman yaqinda ikkita o‘yin o‘tkazdi va mana shu uchrashuvlar asosida ma’lumot yig‘dik. Biz har bir o‘yinni o‘rganib chiqdik. Shuni ham qayd etish kerakki, hozir Osiyoda kuchsiz jamoalar qolmayapti”.

    “Terma jamoa bosh murabbiyligi klubdagi ishdan keskin farq qiladi. Termada asosiy ish ruhiyat bilan bog‘liq. Agar futbolchilarni o‘yinga ruhan tayyorlay olsak, o‘yin ham shunga yarasha bo‘ladi. Futbolchilar kayfiyati a’lo. Mana yonimdagi Sardor buni tasdiqlashi mumkin. Ayni vaqtdagi terma jamoa tarkibi — o‘zbek futboli tarixidagi eng kuchlisi”.

    “Mas’uliyatni o‘z zimmamga olgan holda aytishim mumkin, terma jamoa ixtiyoriga kelgan har bir futbolchi – u xoh mahalliy futbolchi bo‘lsin, xoh legioner, har doim bor kuchi bilan o‘ynaydi. Bu yigitlarning barchasi vatanparvar. Ularning har biri ko‘z oldimda ulg‘aygan. Ular bilan birga men ham murabbiy sifatida o‘sganman”.

    “Ayni vaqtda xorijda o‘ynayotgan 9 futbolchining barchasi terma jamoaga mos. Geynrixga keladigan bo‘lsak, biz uning o‘yinlarini kuzatib bordik va chaqirishga qaror qildik. Bizda har bir futbolchi uchun alohida ma’lumotlar bazasi bor. Ularning har bir o‘yini tahlil qilib borilmoqda, videosi saqlab qo‘yilgan”, — dedi O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan.

    02.09.2015, 14:50   Izoh (0)   6131
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Odil Ahmedov O‘zbekiston milliy termasining sardori etib tayinlandi

    01.09.2015, 22:19

    O‘zbekistonlik yana 3 bokschi Osiyo chempionati yarim finaliga chiqdi

    01.09.2015, 21:38

    O‘zbekistonlik bokschi Bektemir Meliqo‘ziyev jahon chempionini Osiyo chempionatidan chiqarib yubordi

    01.09.2015, 18:02

    O‘zbekiston olimpiyachilari Slovakiyadagi turnirni g‘alaba bilan boshladi

    01.09.2015, 17:31

    “Manchester Yunayted” Garet Beyl uchun 100 million yevro taklif qildi

    31.08.2015, 18:12

    Sebastyan Kou rasman IAAF prezidenti lavozimini egalladi

    31.08.2015, 11:56
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xitoyda ayol plastik operatsiya uchun 2,4 mln dollar o‘g‘irladi

    Dunyo | 21 iyul, 00:10

    G‘azo talabalari urush boshlangandan buyon ilk bor imtihon topshiradi

    Dunyo | 20 iyul, 23:46

    Rossiya Shahed dronlarini ishlab chiqaradigan zavod namoyish qilindi (video)

    Dunyo | 20 iyul, 23:30

    Eron Isroil hujumlarida shikastlangan havo mudofaa tizimlarini yangiladi

    Dunyo | 20 iyul, 23:05

    Ko‘kdaladagi portlash: voqea joyidan kechikkan reportaj

    O‘zbekiston | 20 iyul, 22:41

    Ilon Mask bolalar uchun Baby Grok ilovasini ishga tushiradi

    Dunyo | 20 iyul, 22:30

    Avtoritar tizim o‘zgarmaguncha Gruziya Yevropa Ittifoqiga qo‘shila olmaydi — YI parlamenti

    Dunyo | 20 iyul, 22:10

    Yaponiyada qutqaruv ishlari uchun 3 metrli robot yaratiladi

    Dunyo | 20 iyul, 21:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.